Boʻxcha yasar qoʻngʻizlar




BOʻXCHA YASAR QOʻNGʻIZLAR (Scarabaeus) — plastinkamoʻylovli qoʻngʻizlar urugʻi. Uz. 20–40 mm, tanasi keng va qora, oldingi oyoqlari panjasi va bosh qalqoni tishli. Oʻrta dengiz havzasi, Janubiy Yevropa, Gʻarbiy va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Qoʻngʻizlar va qurtlari goʻng bilan oziklanadi. Buning uchun qoʻngʻiz goʻngdan shar (boʻxcha) yasab oladi, uni tuproqqa koʻmib nok shakliga keltiradi. Sharning ingichka uchiga tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurti goʻng bilan oziqlanib voyaga yetadi. Boʻxcha yasar qoʻngʻizlar q. orasida avliyo skarabiy (S. sacer) keng tarqalgan, uz. 21–37 mm. qad. misrliklar bu qoʻngʻizning toshga tushirilgan tasviriga ixlos qilishgan. Qoʻngʻizni quyosh xudosiga oʻxshatishgan, uni goʻngdan shar yasab dumalatishini Quyoshni samo boʻylab harakatlanishining cheksizligiga, qoʻngʻiz boshidagi tishchalarini quyoshning nur tarqatishiga qiyos qilishgan. Boʻxcha yasar qoʻngʻizlar q. tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Markaziy Osiyo dasht va choʻllarida yirik Boʻxcha yasar qoʻngʻizlar q. S. transcavcasus, S. acuticollis tarqalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz