BOXAY — shimoli Sharqiy Osiyodagi ilk o’rta asr davlati (8-asr— 926 yil). Hududi hozirgi Xitoy, Rossiyaning Primore o’lkasi va Koreyaning bir qismini egallagan. Boxay Janubi sharqda tan imperiyasi, g’arbda Yuesi moxe (keyinchalik kidonlar) va shimoli sharqda xeyshuy moxe qabilalari yerlari, Janubda Silla davlati bilan chegaralangan, uning Sharqiy chegarasi esa dengiz qirg’og’idan o’tgan. Aholisi asosan tungus moxe qabilalari, koreys va xitoylardan iborat bo’lgan, dehqonchilik, chorvachilik, ipakchilik, ovchilik, balikchilik va hunarmandchilik bilan shugullangan. Boxayda temir, kumush, mis, oltin, jez ishlab chiqarish, qurol yarog’ yasash, to’qimachilik, kulolchilik, ko’nchilik taraqqiy etgan, daryo va dengiz kemachiligi rivojlangan. Ko’pchilik Boxaylik zodagonlar Xitoy poytaxti — Chan’anda ta’lim olganlar. Boxayda tan madaniyati ta’siri kuchli bo’lgan. Boxay aholisi xitoycha ieroglif yozuvidan keng foydalangan. Boxayda adabiyot, ilmfan va san’at ham rivojlangan bo’lib, buni Xabarovsk va Tokiodagi muzeylarda saqlanayotgan arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Boxay qo’shni davlatlar, xususan Xitoy va Yaponiya bilan madaniy, siyosiy va savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Boxayning eng gullagan chog’ida Tsin Mao (738-794) hukmronligi davriga to’g’ri keladi. Boxay 926 yil kidonlar tomonidan istilo etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
"BOXAY" haqida aniqroq ma'lumot berishingiz mumkinmi? Masalan, bu so‘z qayerda ishlatiladi yoki qaysi kontekstga tegishli? Shunda men sizga batafsil va to‘liq ma’lumot bera olaman.
Agar "BOXAY" atamasi xatolik bo‘lib, boshqa so‘z yoki tushunchani nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, iltimos aniqlik kiriting. Sizning savolingizga to‘liq javob berish uchun qo‘shimcha ma'lumot kerak.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish