Bovurchi




Bavurchi , bovurchi — oʻrta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul maʼnosida ham qoʻllanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pogʻona past mansab hisoblanganligini Boburning soʻzlaridan bilish mumkin: "Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga yetkurub erdim" ("Boburnoma", 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qoʻllangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz