BOVE
BOVE — Frantsiyaning shimolidagi qadimgi me’moriy yodgorliklarga boy shahar (12— 17-asrlar). O’rta asr shahar qiyofasi saqlangan. Me’moriy yodgorliklari; qadimgi Rim shahar devori va uning minoralari xarobalari; Sentetenn cherkovi (12- asr — 16-asr boshlari); Frantsiyadagi gotika uslubida qurilgan eng baland sobor Senper (1227 yil qurilishi boshlanib, 1578 yilgacha bir necha marta qayta qurilgan) va unga tutash noyob yodgorlik Notr-dam dela-bas-Evr bazilika nefi (997-998); episkop saroyi (16-asr boshi) va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz