Bottichelli Sandro




BOTTICHELLI (Botticelli; asli Alessandro di Mariano Filipepi) Sandro (1445 — 1510) — italiyalik rangtasvir ustasi, Italiya Ilk Uygʻonish davri Florensiya rassomligi maktabining yirik vakili; Filippo Lippining shogirdi. Medichilar xonadoniga yaqin boʻlgan. B. asarlaridagi nafis va yengil ifodali chiziklarning musiqaviyligi, bir muncha sovuq va shaffof tiniq ranglar tizimi, kompozitsiyadagi ritm nafosati va chuqur lirik tuygʻularga boy tabiat kurinishlari uning asarlariga B.gagina xos boʻlgan betakror latofat va taʼsirchanlik baxsh etadi. B. maʼjozii va antik mavzulardagi asarlar, jumladan, "Bahor" (1477—78),"Veneraning tugʻilishi" (1483—84), "Madonna del Manifikat" (1482— 83), "Anorli Madonna" (1487), shuningdek Vatikandagi sikstin kapellasi devoriy rasmlari (1481—82) hamda qator portretlar (mas, "Juliano Medichi", 1470- yillar) muallifi. 1490- yillardan B. asarlarida tushkunlik kayfiyati kuzatiladi: "Isoga aza tutish" (1490), "Tuhmat" (1495) va boshqa U Dantening "Ilohiy komediya"siga birinchi boʻlib rasm ishlagan sanʼatkorlardan (1492—97).

B. ijodi koʻpgina rassomlar ijodiga taʼsir etgan. Jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar R. Choriyev, J. Umarbekov va boshqa ijodida bu taʼsirni sezish mumkin.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz