Botrik toʻpgul




Botrik toʻpgul (yun. botrys — shingil, shoda) — monopodial (oddiy) shoxlanadigan toʻpgul. Gullari pastdan yuqori tomonga navbat bilan ochiladi. Dastlab poyaning pastki tomonidagi, soʻngra poyaning eng uchida joylashgan gullar ochiladi. Gul oʻqining oʻsishi uzoq davom etadi. Botrik toʻpgul oddiy (shingil, boshoq, soʻta, soyabon, kallakcha, shoda, savatcha) va murakkab (murakkab boshoq, soyabon, murakkab qalqon) boʻladi. Botrik toʻpgul ning aksi simoz toʻpguldir.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz