Botridium




Botridium (Botrydium) — sariqyashil suvoʻtlar turkumi. Tanasi noksimon, diametri 3 mm gacha, bir hujayrali, koʻp yadroli, rizoidlari rangsiz. Suv havzalari qirgʻoqlari yaqinidagi choʻkma balchiqlarda, suvi quriyotgan hovuz va koʻlmak suvlar tubidagi loyda oʻsadi. B. sochilgan marjonga oʻxshash koloniya hosil qiladi. Suvda — zoosporalar, tuproqsa — aplanosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishi aniqpanmagan. Bir necha turi maʼlum.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz