BOTRIDIUM



BOTRIDIUM (Botridium) — sariq-yashil suvo’tlar turkumi. Tanasi noksimon, diametri 3 millimetrgacha, bir hujayrali, ko’p yadroli, rizoidlari rangsiz. Suv havzalari qirg’oqlari yaqinidagi cho’kma balchiqlarda, suvi quriyotgan hovuz va ko’lmak suvlar tubidagi loyda o’sadi. Botridum sochilgan marjonga o’xshash koloniya hosil qiladi. Suvda — zoosporalar, tuproqsa — aplanosporalar hosil qilib ko’payadi. Jinsiy ko’payishi aniqlanmagan. Bir necha turi ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz