BOTQOQ TUPROQ MELIORATSIYASI — botqoqparni quritib qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan foydali erga aylantirish. Bunda tuproq namligi mo’tadil darajaga, ya’ni namlik darajasi tuproqning to’la nam sig’imiga nisbatan 60-70% ga keltiriladi. Natijada unda havo, oziq sharoiti yaxshilanib, unumdorlik oshadi, organic moddalarning aerob parchalanishi uchun qulay sharoit tug’iladi. O’simlik havo, harorat va oziq unsurlari bilan ta’minlanadigan bo’ladi. Botqoq tuproqli yerlarni yaxshilashning asosiy usullaridan biri maxsus drenaj tizimi qurib, ortiqcha suvni chiqarishdir. Hududning aniq sharoitini hisobga olib drenajning turli usullaridan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish