Botqoq Sarv




Taksodi , botqoq sarv (Taxodium) — taksodidoshlar oilasiga mansub barg toʻkadigan ignabargli daraxtlar turkumi. Bal. 30–50 m, tana diametri 12 m gacha boradi. Ignabargi mayin, tasmasimon, uchli, uz. 9–15 mm, kengligi 1–2 mm, oktabr oyida sargʻayib, kuz va qishda toʻkiladi. Shoxshabbasi piramidasimon, nafis, pastga egilgan. Poʻstlogʻi qizgʻishqoʻngʻir. 500 yildan koʻproq yashaydi. Yorugsevar oʻsimlik, tez usadi. 10y.dan boshlab gullaydi va meva beradi. Urugʻi va kalamchasidan koʻpayadi. Oddiy botqoq sarv (T. distichum) va Meksika T. (T. mucronatum) turlari bor. Shimoliy Amerikaning jan.sharqida botqoqlar va dengiz boʻylarida, 1400 – 2300 m baland togʻlarda oʻrmonlar hosil qilib oʻsadi. Manzarali daraxt sifatida jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Ukrainaning janubigʻarbiy qismi, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Yogʻochi chirishga bardoshli, qurilishda, mebel va turli asboblar yasashda ishlatiladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz