Botqoq moshagi
Botqoq moshagi (Limicola falcinellus) — baliqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qush. Boʻyi 9,5—11 sm, ogʻirligi 50 g cha, boshining ustida toʻq qoʻngʻir va ikkita oq yoʻli bor. Tanasining orqasidagi patlari qoramtir, chetlari toʻq malla, koʻkrak va qorin tomoni oq. Botqoq moshagi tundra va oʻrmontundrada yashaydi. Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya va Osiyoning shim. qismida uya solib, bola ochadi. Qishlash uchun Oʻrta dengiz, Janubiy Osiyo va Avstraliyaga uchib ketadi. Oʻzbekistonda Botqoq moshagi ni bahor va kuzda koʻl, daryo qirgʻoqlarida, suvga yaqin va botqoq yerlarda uchratish mumkin. Botqoq moshagi mayda mollyuskalar, suvda va suv yaqinida yashaydigan hasharotlar va ularning kurtlari bilan oziqlanadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org