Botqaldoqlar




Botqaldoqlar , shoʻngʻuvchi oʻrdaklar (Aythya) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar kenja oilasiga mansub qushlar urugʻi. Orqa barmoqlari orasida keng teri pardalari boʻlishi bilan boshqa oʻrdaklardan farq qiladi. B. yaxshi uchadi, suzadi va shoʻngʻiydi, suv tagidan oʻlja tutadi. Shuning uchun ularga "botqaldoq" yoki "shoʻngʻuvchy oʻrdaklar" degan nom berilgan. B. uyasini yirik va chuqur koʻllar sohilidagi qamish va qoyalar orasiga quradi. 7—12 ta tuxum qoʻyadi. Suv oʻsimliklarining ildizi, barg va urugʻlari, mollyuska, qisqichbaqasimonlar va suv hasharotlari bilan oziklanadi. B.ning goʻshti, pati va terisidan foydalaniladi.

Oʻzbekistonda koʻkbel B. (Aytya Kegta),olaqanot B. (Aythya nyroca), haydarkokil B. (Aythya fuli gula) kabi turlari uchraydi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz