BOTKIN SERGEY PETROVICH
BOTKIN SERGEY PETROVICH [1832. 5 (17)9, Moskva — 1889.12(24) 12, Mentona, Peterburgda dafn etilgan] — vrach terapevt, pedagog, jamoat arbobi. 1861 yildan Peterburg Tibbiyot-jarrohlik akademiyasining professor. Botkin tibbiyotda yangi yo’nalish, ya’ni kasallikning paydo bo’lishi va avj olishida nerv sistemasining ahamiyatini izohlovchi “nervizm” nazariyasini yaratdi. Sariq kasalligini chuqur talqin qildi. U organizmni atrof muhit bilan bog’liq yaxlit tarzda o’rgandi. Botkin fikricha, tibbiyot “kasallikning oddini olish va bemorni davolash” haqidagi fandir. Botkin hozirgi zamon terapiyasining nazariy asosini ishlab chiqdi. Ilmiy ishlari yurak-tomirlar sistemasi, jigar, buyrak kasalliklari, dori moddalarning ta’sirini o’rganish, yuqumli kasalliklar, harbiydala terapiyasi va boshqalarga oid.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz