Botkin koʻchasidagi qabriston
Botkin koʻchasidagi qabriston yoki
Botkin qabristoni nomi bilan mashhur boʻlgan birinchi shahar qabristoni — Toshkentdagi shahar qabristoni boʻlib, u joylashgan koʻcha nomi bilan atalgan. 1872-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin shaharning Yevropa qismi qurilishi munosabati bilan yaratilgan.
Ayni paytda dafn qilish uchun yopiq — faqat mavjud qabrlarda qarindoshlarining tagiga koʻmish amalga oshiriladi.
Qabriston tarixi
Ushbu qabriston tarixiy-memorial xususiyatga ega boʻlgan oʻziga xos yodgorlik hisoblanadi, chunki u tarixning turli davrlaridagi turli xalqlarning tarixini aks ettiradi. Qabristonda nasroniy (rus, ukrain, belarus va boshqalar), yahudiy, musulmon (tatar va boshqalar) diniga mansub mazhablar, shuningdek, kommunistlar (ateistlar) dafn etilgan.
Maydoni 40 gektarga yaqin boʻlgan qabriston 1872-yilda Toshkent shahri chegarasidan tashqarida, oʻsha paytda Toshkentdagi taniqli savdogar, Toshkentdagi spirtli ichimliklar zavodlari xoʻjayini Nikolay Ivanovich Ivanovga tegishli — „Savdogar Ivanovning dala hovlisi“ deb nomlangan joyda paydo boʻlgan. Shuni taʼkidlash kerakki, savdo maslahatchisi N.I.Ivanov Turkiston yeparxiyasi ruhoniylari tomonidan alohida hurmatga sazovor boʻlgan, chunki u mintaqada yashagan 25 yil davomida (1906-yil 13-fevralda vafot etgan) bir necha bor rus pravoslav cherkoviga katta miqdordagi mablagʻlarini xayriya qilgan. Uning qabri Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi yaqinida joylashgan. Shu bilan birga, qabriston hududidagi birinchi diniy xristian binosi XIX-asr 70-yillarning boshlarida, yaʼni bu hududda qabriston yaratilshi bilan qurilgan „Hamma qaygʻurganlarning Quvonchi“ ibodatxonasi hisoblanadi.
Bu qabriston Toshkent hududida, dastlab Toshkent harbiy gospitalida qabriston sifatida paydo boʻlgan Muqaddas Buyuk shahid va tabib Panteleymon cherkovi yonida 1866—1872-yillarda mavjud boʻlgan birinchi rus nekropoli (qabristoni) yopilgandan keyin paydo boʻlgan
Botkin koʻchasidagi qabriston 1906-yilda obodonlashtirilgan, rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan, daraxtlar ekilgan.
Qabristonda yahudiy, katolik va protestantlar dafnlari uchun xaritalar mavjud boʻlgan, ular hozirgi vaqtgacha deyarli saqlanmagan.
Taʼkidlab oʻtish joizki, bu qabristondagi dafn etilganlarning zichligi juda yuqori. Qabr toʻsiqlari bir-biriga zich joylashgan. Qabristonning markaziy qismida, baʼzi joylarda koʻp qavatli qabrlar mavjud.
Qabriston arxivi 1918-yilda yonib ketgan. 1918-yildan 2009-yil yanvarigacha dafn etilganlar soni taxminan 340 ming kishini tashkil etadi. Qabristonning umumiy maydoni 40 gektarni tashkil qiladi.
Avliyo Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi
Qabristonda Moskva Patriarxiyasining Rus pravoslav cherkovining hozirgi cherkovi, Avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi joylashgan. U sovet davrida Toshkentda faoliyat yuritgan uchta ibodatxonadan biridir. Ushbu cherkovni loyihalashtirish tantanali ravishda 1902-yil 23-noyabrda amalga oshirilgan va cherkovning poydevoriga qoʻyilgan birinchi tosh 1902-yil 6-dekabrda muqaddas qilingan; ibodatxonaning oʻzi 1903-1904-yillarda Turkiston oʻlkasi harbiy boshqarmasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.
Tarixiy dafnlar
Botkin qabristonida Toshkentdagi juda mashhur kishilarning qabri bor:
Qabristondagi koʻplab qabrlarda mashhur haykaltaroshlar tomonidan yasalgan badiiy qabr toshlari joylashgan. Shuningdek, „Paxtakor“ jamoasi futbolchilari qabri ustiga haykaltarosh V.Klivantsov tomonidan yodgorlik qurilgan; 2014-yilda yodgorlik qayta taʼmirlangan.
Kommunistlar qabristoni
Yoʻlning narigi tomonida „kommunistlar qabristoni“ deb ataladigan hudud joylashgan boʻlib, u yerda Sovet davrida fan, sanʼat, sport, harbiy, partiyaning taniqli namoyandalarini va hukumat amaldorlarini milliy yoki konfessiyaviy mansublikni hisobga olmasdan dafn etilgan.
Bu yerda turli etnik guruhlar vakillari, jumladan, oʻzbeklar, masalan, taniqli oʻzbek yozuvchisi, oʻqituvchi va pedagogi Abdulla Avloniy, shu jumladan, koʻp hollarda kelib chiqishi yevropalik boʻlganlar dafn etilgan. Ruslardan tashqari, armanlar, yunonlar, yahudiylar va boshqa dafn etilgan millat vakillari guruhlari mavjud. Ammo bu qabristonda nafaqat ateistlar (odatda kommunistik eʼtiqodga ega boʻlgan odamlar uchun moʻljallangan), balki turli sabablarga koʻra diniy mansubligi aniqlanmagam odamlar ham dafn etilgan. Bu yerda, masalan, amerikalik Oliver Golden va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan boks murabbiyi Sidney Jeksonning xoklari dafn etilgan.
1919-yil yanvarida Toshkentdagi kontrrevolyutsioner qoʻzgʻolon paytida otib tashlangan 14 nafar Turkiston komissarlari, taniqli partiya va davlat arboblarining xoklari dastlab dafn etilgan joydan — Kafanov maydonidan kommunistlar qabristoni hududiga koʻchirilgan.
Botkin yahudiylar qabristoni
Toshkent shahar qabristonining 1-sonli maydoni (Botkin qabristoni) 18, 21, 28 va 29-sonli maydonlari chegaralaridan tashkil topgan hududda joylashgan. Qabristonning ushbu qismida 3 mingdan 5 minggacha boʻlgan Toshkentda istiqomat qilgan yahudiylar, shuningdek, Ulugʻ Vatan urushi yillarida SSSRning sharqiy viloyatlaridan Toshkentga evakuatsiya qilingan yahudiylar hamda yarador boʻlgan va sovet armiyasining Toshkent kasalxonalarida olgan jarohatlaridan vafot etgan yahudiy millatiga mansub askar va ofitserlari dafn etilganlar.
Ayni paytda qabristonning bu qismi uzoq vaqtdan beri dafn etish uchun yopilgan va juda qarovsiz holatda, chunki qabristonning ushbu qismida dafn etilganlarning qarindoshlari hozirda asosan Oʻzbekiston hududidan tashqarida yashashlari sababli qabrlar deyarli ziyorat qilinmaydi.
Foto
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org