Botkent g`ori
Botkent gʻori — Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi gʻor. Soʻx daryosining chap sohilida joylashgan. 1400 m balandlikda. daryo oʻzanidan bad. 110 m. Oʻrta devon lavriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻor ogʻzi ravoq shaklida, eni 10 m, bad. 13 m. Bir xonadan iborat. Uz. 56 m, eni 2-13 m, balandligi 6-18 m. Xona gumbaz shaklida. Sahni qalinligi 2 m gacha boʻlgan guano va qisman gil bilan qoplangan. Gʻorda koʻrshapalak galasi yashaydi. Temperaturasi kirish joyida 25°, ichkarida 16°, namligi 58% (iyul). Umumiy uz. 72 m, maydoni 4040 m2.
uz.wikipedia.org