BOTIROV ROALD (RAVIL) ISMOILOVICH



BOTIROV ROALD (RAVIL) ISMOILOVICH (.1931.4.4, Astraxon) — kinorejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1952). Buxoro teatrida bosh rejissyor (195259). Teatrda 20 ga yaqin spektakl qo’ygan: “Momaqaldiroq”, “Oqpadar”, “Tohir va Zuhra”, “Oltin ko’l” va boshqalar. Shuningdek, Namangan teatrida “Revizor”, Hamza teatrida “Vassa Jeleznova” spektakllarini qo’ygan. 1959-90 yillar “O’zbekfilm”da rejissyor 1990 yildan o’zi tashkil etgan “Inson” kinostudiyasining badiiy rahbari. Mashhur filmlari: “Dorbozlar”, “26-otilmasin”, “41-yil olmalari”, “Seni kutamiz, yigit”, “Unutilmagan qo’shiq”, “Muhabbat va nafrat” (Yugoslaviya bilan hamkorlikda), “Mana o’sha yigit qaytib keldi”, “Leytenant Nekrasovning xatosi”, “Ikkinchi davra” va boshqalar. Obrazli tasvir, musiqa, kadr va kadr ortida yangraydigan badiiy matnni aktyor o’yini bilan bog’lash, film qahramonlarining xarakterini ochib berish, xalqlarning ma’naviy birligini kuylash Botirov ijodiga xos. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining laureati (1986).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz