BOTIRMIRZAYEV ZAYNALOBIDDIN NO’XAYEVICH



BOTIRMIRZAYEV ZAYNALOBIDDIN NO’XAYEVICH (1897, Dog’iston, Oqsoy qishlog’i — 1919.10.10, Batayurt) — qo’miq shoiri, qo’miq dramaturgiyasining asoschisi. N. Botirmirzayevning o’g’li. Qozon, Astraxon shahrida o’qigan, so’ngra o’qituvchilik qilgan. 1916 yilda otasi bilan Xasav yurtda “Tong Cho’lponi” adabiy-dramatik to’garagini tuzgan va shu nomda jurnal chop ettirgan (1917). Dog’istonda chiqqan “Ishchi xalqi” gazetasiga muharrirlik qilgan. “Doniyolbek”, “Madrasaga mulla keldi” (1916-17) va boshqa pyesalari bilan qo’miq dramaturgiyasiga asos solgan. Juda oz she’rlari saqlanib qolgan. Botirmirzayev asarlari ommaning baxti uchun kurash g’oyalari bilan sug’orilgan. Denikinchning tomonidan otib o’ldirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz