BOTIRMIRZAYEV NO’XAY (1869 Dog’iston, Oqsoy qishlog’i — 1919, oktabr) — qo’miq yozuvchisi, ma’rifatparvar. “Tong Cho’lponi” (1916) adabiydramatik to’garagi va shu nomdagi jurnal tashkilotchilaridan. Botirmirzayev “Baxtsiz Habibat”, “Horun va Zubayda” (1910), “Dovud va Laylo” (1912) kabi qissalari bilan qo’miq milliy nasriga asos soldi. Asarlarida qo’miq xalqining, ayniqsa qo’miq ayollarining qismati, orzu-umidlari, intilishlari, ozodligi, ma’rifatparvarlik, do’stlik g’oyalari aks etgan. U Mulla Nasriddin to’g’risidagi xalq latifalarini to’plam holiga keltirgan. “Ming bir kecha”ning ayrim ertaklarini qo’miq tiliga tarjima qilgan. Denikinchilar tomonidan otib o’ldirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish