Botirbek Toʻrazoda




Botirbek Bekturdi oʻgʻli Toʻrazoda (1976-yil 18-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Xorazm viloyati, Bogʻot tumani) — oʻzbek agronomi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi



1997-yil Botirbek Toʻrazoda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining agronom fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yilda Bog‘ot shahridagi to‘qimachilik fabrikasining taʼminot bo‘limida yuk tashuvchi sifatida boshlagan. 1998-2001-yillarda — „Tuproqqala Avtoxizmat“ OAJda hisobchi boʻlib ishlagan, 2001-2003-yillarda esa xususiy tadbirkor. 2003-yilda yana „Tuproqqala Avtoxizmat“ OAJda hisobchi lavozimida ishlay boshladi. 2004-yildan — „To‘razoda Botirbek“ xususiy korxonasiga rahbarlik qilib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz