Botir Zokirov (siyosatchi)




Botir Zokirov (1963 -yil 28-iyulda tugʻilgan) — Oʻzbekiston qurilish vaziri (2019-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari boʻyicha majmua rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2011-2018). 2008 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi.

Tarjimai hol



Botir Irkinovich Zokirov 1963 yil 28-iyul Toshkent shahrida tavallud topgan.

Ta'lim



Toshkent politexnika institutini (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati



1980-yilda Toshkent asbob-uskuna ishlab chiqarish zavodida ish faoliyatini boshlagan. 1985-1990-yillarda Montaj va maxsus ishlar boʻyicha Vazirlik huzuridagi “Toshsantexmontaj” trestida ishlagan. 1990-yilda “Boshtoshqurilish” uyushmasining “12-trest”iga ishga oʻtib, u yerda ustalikdan boshqaruv raisi lavozimigacha koʻtarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. 2018-yilda Davlat qoʻmitasi Qurilish vazirligiga aylantirildi va Zokirov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 2019-yilda fevral oyida Zokirov Qurilish vaziri etib tayinlandi.

2012-yildan Botir Zokirov Erkinovich Oʻzbekiston ogʻir atletika Federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.

Eslatmalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz