Botir Zokirov koʻchasi (Toshkent)




Botir Zokirov koʻchasi  — Shayxontohur va Chilonzor tumanlari hududida, Alisher Navoiy va Turob Toʻla koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,2 km. 2005-yil 25-aprelda Abay koʻchaning bir qismiga koʻyilgan. Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomi bilan yuritiladi.

Koʻcha yoʻnalishida Oʻzbekiston konservatoriyasi, avtobuslar boshbekati, Tashkent City, „Alisher Navoiy“, „Paxtakor“ va „Oʻzbekiston“ metro bekatlari joylashgan. Koʻcha yaqinida Adabiyot muzeyi, Oʻzbekiston yoshlar teatri, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Paxtakor markaziy stadioni, Oʻrmonchilik va manzarali bogʻdorchilik ilmiy markazi, Kinochilar uyi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshka muassasalar bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz