Botir Yusupov
Botir Poʻlatovich Yusupov (1961 yil 17 sentyabr) — oʻzbek diplomati. O‘zbekistonning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili.
Biografiya
1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Butunrossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. Ingliz va rus tillarini biladi.
1990-1995 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining „Interaloqa“ tashqi savdo uyushmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
1995-2000 — „O‘zcentrobank“ huzuridagi „Davlat Signy“ davlat-sanoat birlashmasi bosh direktorining tashqi iqtisodiy aloqalar va marketing bo‘yicha o‘rinbosari.
2000-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining „O‘zmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari.
2007-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi.
2009-2012 — Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org