Botir Xoʻjayev




Botir Asadillayevich Xoʻjayev (oʻzbekcha: Ботир Асадуллаевич Хўжаев, ruscha: Батир Асадиллаевич Ходжаев; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi. 2006-2009 va 2017-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2016-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, 2005-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi, 2002-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Biografiyasi



1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan.

1979-1979 — „Glavtashkentstroy“ 11-trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;

1979-1981 — Harbiy xizmat;

1981-1992 — „Glavtashkentstroy“ 1-trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muhandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;

1992-1994 — Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;

1994-1996 — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;

1996-1997 — Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti boʻlim mudiri;

1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;

2000-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;

2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;

2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar departamenti mudiri;

2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;

2006-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;

2009-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi;

2011-2016 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari;

2016-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.

2017-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

2020-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi. 6-aprelda nafaqaga ketgan.

2020-yildan — „RosGeo“ qoʻshma korxonasi direktori.

Oilasi



Otasi — Asadilla Xoʻjayev — OʻzSSR davlat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

Akasi — Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich — 1992-yildan 2015-yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori boʻlgan.

Onasi, Xo‘jayeva Kimyoxon Azizxonovna, uy bekasi. 2004-yilda vafot etdi.

Opasi, Xodjayeva Qunduz Asadullayevna, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, Toshkent tibbiyot institutida LOR kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor lavozimida ishlagan. 2010-yilda vafot etgan.

Opasi, Xo‘jayeva Dilbar Asadullayevna 1949-yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasida ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yilda vafot etgan.

Opasi, Xo‘jaeva Mapirat Asadullaevna, 1951-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yilda vafot etgan.

Tanqid



2012-yil Islom Karimov boshchiligida oʻtkazilgan hukumat yalpi majlisida prezident Karimov amalga oshirilishi lozim boʻlgan investitsion loyihalardagi oqsoqliklarda qisman Botir Xoʻjayevni ayblaydi. Xususan, u Xoʻjayevni 2009-yilda iqtisod vaziri boʻlib ishlagan vaqtida loyihalarni amalga oshirishda zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrmaganligini takidlaydi. Gulom Ibragimovga dakki bera turib, zaldan Xoʻjayevni qidirib: „Xoʻjayev degan qaydasan?“ deb unga yuzlanadi. Shu zaxoti Xoʻjayev oʻrnidan turib prezidentni tinglay boshlaydi. Karimov unga shunday deydi:

Shu ishlarni oʻz vaqtida san qimagansan. Shuni xisobidan, sizni ishdan bizar pasaytirdik. Lekin bu vazifada, shu ishlarni agar oxirigacha yetqazolmasangiz agar bu yerda ham oʻtirolmaysiz. Oʻtiring.[7]

Mukofotlari



2016-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz