Botir Usmonov (rektor)
Botir Shukurillayevich Usmonov (1968-yil 24-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Botir Usmonov 1968-yil 24-mart Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1985—1993-yillarda Qozon texnika universitetida tahsil olgan. 1993—1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti tadqiqotchisi, assistenti, 1995—1997-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti katta oʻqituvchisi, ilmiy boʻlim boshligʻi, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 1997—1999-yillarda Andra universiteti (Hindiston) magistranti, 1999—2001-yillarda Hamburg-Xarburg texnika universiteti (Germaniya) magistranti, 2001—2002-yillarda Daimler-Benz kompaniyasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi bosh mutaxassisi, 2002—2007-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti dotsenti, boʻlimi boshligʻi, fuqaro aviatsiyasi fakulteti dekani, 2007—2008-yillarda Konkuk universiteti (Janubiy Koreya) „Texnikada axborot texnologiyalari“ kafedrasi professori, 2008—2012-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali ilmiy kotibi, dekan oʻrinbosari, oʻquv va ilmiy ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2012—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha xizmatining Taʼlimni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhi oliy taʼlim masalalari boʻyicha yetakchi konsultanti, 2013—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari, 2016—2017-yillarda V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali „Amaliy matematika va informatika“ kafedrasi dotsenti, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2017—2019-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yildan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori.
Ilmiy faoliyati
1999-yilda „Zarbaviy to‘lqinlar turkumini statsionar jismga tushishini matematik modellashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Oliy taʼlim muasssasalari uchun „Aviatsiyada huquqiy va tashkiliy asoslar“ (o‘quv qo‘llanma, 2007), „e-Learning practices“ („Elektron ta’lim amaliy asoslari“, 2-tomlik, 2010) darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etgan, 2 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta darslik va 5 ta oʻquv qoʻllanma muallifi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Botir Usmonov haqida quyidagicha ma'lumot berish mumkin:
Botir Usmonov O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida taniqli rahbarlardan biri sifatida tanilgan. U hozirda O‘zbekistonda bir qator yuqori ta’lim muassasalarida rektor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Botir Usmonov oʻzining ta’lim va ilm-fan sohasidagi faoliyati orqali yosh avlodni ta’lim bilan ta’minlash, ilmiy salohiyatni oshirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Uning rahbarligi ostida universitet yoki institut o‘zining ilmiy-tadqiqot salohiyatini kengaytirib, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Botir Usmonov ta’lim sifatini yuqori darajada saqlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va talabalarga qulay sharoitlar yaratish ustida ishlashda davom etmoqda.
Agar aniq qaysi universitet yoki institutda Botir Usmonov rektor ekanligi haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, uning biografiyasi, ilmiy ishlari va boshqa faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etish uchun aniqroq kontekst kerak bo‘ladi.