Botir Umidjonov
Botir Hoshimovich Umidjonov (1933.31.1, Dushanbe 2004.2.9, Toshkent) — xor dirijyori, kompozitor. Oʻzbekiston xalk, artisti (1982). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). Oʻzbek davlat filarmoniyasida xor xonandasi va xormeyster (1952— 60), Oʻzbekiston televideniye va radiosining xor jamoasi tashkilotchisi, badiiy raxbari va bosh dirijyori (1960—93). Mukimiy teatrida xormeyster (1995—2000). Dirijyor sifatida oʻziga xos, milliy anʼanalarga asoslangan xor ijrochiligini yaratishga muvaffaqboʻlgan. Kompozitorlik ijodi Sharq xalqlarining musiqa merosi hamda Yevropa koʻp ovozli (xor) musiqa uslublarining uygʻunlashuviga asoslangan. Oʻzbekiston xor jamoalarining milliy repertuarini shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 100 dan ortiq oʻzbek ("Chamanda gul", "Qilpillama", "Qora soch", "Yallama yorim" va boshqalar), tojik ("Diliman", "Chorbaytxo", "Ey sanam"), qirgʻiz ("Komuzchu", "Oy tobo"), qozoq ("Yapuray", "Shanibyau"), uygʻur ("Uynamdu yaxshi"), ozarbayjon ("Tesnif") xalq qoʻshiqlari, shuningdek, mumtoz ("Saraxbori Navo", "Segoh", "Chorgoh") ashula yoʻllarini joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. "Asrim sadosi" kantatasi (Oybek; D.Zokirov bn), "Ipak yoʻli" xor turkumi, "Oqibat" musiqali drama, romans va qoʻshiqlar, kinofilm va radiospektakllar musiqalari muallifi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan, bir necha xalkaro xor festivali, anjuman va tanlovlar qatnashchisi. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasida saqlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Botir Umidjonov haqida aniq ma'lumotlar hozirda mavjud emas. Agar siz Botir Umidjonov haqida ko'proq ma'lumot, uning professional faoliyati, ilmiy ishlari, yoki boshqa sohalardagi yutuqlari haqida so'ramoqchi bo'lsangiz, iltimos, qo'shimcha ma'lumot bering yoki uning faoliyati haqida aniqroq savol yo'naltiring. Shu orqali men sizga to‘liq va batafsil ma'lumot berishga harakat qilaman.
Agar Botir Umidjonov shaxsiy yoki professional jihatdan faol bo‘lsa, uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari yoki rasmiy saytlar orqali qo‘shimcha ma’lumot topishingiz mumkin.