Botir Parpiyev




Parpiyev Botir Rahmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi (2004-2018), bojxona qoʻmitasi raisi (2002-2004), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), general-leytenant.

Biografiyasi



1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan.

Maʼlumoti — oliy, Andijon davlat universitetining yuridik fakutetini va Toshkent militsiya maktabini bitirgan.

1969-1969 — Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi.

1969-1970 — Harbiy xizmatda.

1970-1971 — Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.

1971-1972 — Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.

1972-1983 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, bosh inspektori, xizmat boshligʻi oʻrinbosari, xizmat boshligʻi.

1983-1989 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1989-1993 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1993-1993 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.

1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyatchilikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi.

1994-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2002-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.

2004-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi.

2018-yil 12-maydan 2020-yil 19-fevralgacha — Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Respublika kengashi raisining faxriylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2009-2018 — Oʻzbekiston Taekvondo federatsiyasi Prezidenti.

2003-yilda General-leytenant unvoni berilgan.

2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining oʻrinbosari

2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining maslahatchisi

1990-1994 — XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati.

Oilasi



Otasi — Parpiyev Rahmat Parpiyevich (marhum), general-mayor, 1970-yillarda Andijon viloyati IIB boshligʻi boʻlgan.

Akasi — Parpiyev Qudrat Rahmatovich (marhum), Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan.

Akasi — Parpiyev Bahodir Rahmatovich, polkovnik, ichki ishlar tizimida ishlagan. Ayni paytda nafaqada.

Ukasi — Parpiyev Qodir Rahmatovich, Andijon viloyati huquq-tartibot tizimida ishlagan. Nafaqada.

Jiyani — Parpiyev Anvar Qodirovich, Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Jiyani — Parpiyev Shuhrat Bahodirovich, Andijon shahar IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Oʻgʻli — Parpiyev Dilshod Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqamasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Oʻgʻli — Parpiyev Bobur Botirovch, Orient Finans Bank aksiyadori.

Oʻgʻli — Parpiyev Dilmurod Botirovich, Asaka tumani IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.

Qizi — Toʻraqulova Dilfuza Botirovna.

Qudasi — Rustam Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi.

Qudasi — Mirobid Mahmudov, yirik tadbirkor.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz