Botiq




Botiq — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi koʻpincha tekis, chuqurligi har xil boʻladi. B. koʻproq tektonik yoʻl bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq boʻladi. Diametri yoki uzunligi oʻn va yuzlarcha km ga yetadi (Fargʻona, Sariqamish, Borsakelmas B.lari). B. soʻzi soylik, depressiya, bukilmalar terminlarining sinonimi sifatida ishlatiladi. Tinch okeanda Mariana (11022 m), Tonga (10882 m) B.lari bor. B. ilgari choʻkma deb yuritilgan. B. atamasi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida qayd qilingan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz