BOTIQ



BOTIQ — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi ko’pincha tekis, chuqurligi har xil bo’ladi. Botiq ko’proq tektonik yo’l bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq bo’ladi. Diametri yoki uzunligi o’n va yuzlarcha kilometrga yetadi (Farg’ona, Sariqamish, Borsakelmas Botiqlari). Botiq so’zi soylik, depressiya, bukilmalar terminlarining sinonimi sifatida ishlatiladi. Tinch okeanda Mariana (11022 metr), Tonga (10882 metr) Botiqlari bor. Botiq ilgari cho’kma deb yuritilgan. Botiq atamasi Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida qayd qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz