Botiniya




Botiniya - Arab tilidagi botin, «ichkari», «yashirin»,sirli ma’nolarini anglatadi. Islomdagi mafkuraviy oqimlardan birining tarafdorlari. Botiniylar oqimi VIII asrda vujudga kelgan bo‘lib, ular Qur’on oyatlari va hadislarni zohiriy va lug‘aviy talqin etishga qarshi chiqqan. Ularning iddaolariga ko‘ra, oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini emas, balki yashirin mazmunlarini olish zarur. Bu aqida bilan ular islom shariatiga qarshi chiqdilar. Zero, shariat hukmi bo‘yicha oyat, hadis va boshqa barcha manbalarning iboralari, u qaysi tilda bo‘lmasin, zohiriy va istilohiy ma’nolariga asoslangan holda talqin etiladi. Ahli sunna val-jamoa aqidasiga binoan, botiniylar shariatga xilof e’tiqodda bo‘lgani uchun dinsizlar qatorida sanalgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz