Botanik geografiya




Botanik geografiya , fitogeografiya — biogeografiyaning oʻsimliklarning yer yuzida tarqalishi qonunlarini oʻrganadigan boʻlimi. Usimliklar geogr.si va usimliklar jamoalari geogr.sini oʻz ichiga oladi. B. g. har xil mintaqalarda oʻsadigan oʻsimliklarning xilmaxilligi, usimliklar qoplami va ularning geografik tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadi. B.g. materiallari asosida Yer yuzidagi oʻsimlik qoplamlari oblastlar, kichik oblastlar, provinsiyalar va yanada mayda botanikgeografik birliklarga boʻlinadi. Keyingi davrda B.g.da oʻsimlik zaxiralarini va usimlik qoplami mahsuldorligini aniqlaydigan usullar keng qoʻllanilmoqda.

Yana q.




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz