Botanicula




Botanicula  — Bu Jára Plachy va Amanita Design tomonidan ishlab chiqilgan point-and-click, kvest janridagi videooʻyin boʻlib. Oʻyin 2011-yil 28 martda Microsoft Windows, Mac OS X va Linux uchun GameCityNights tadbirida anons qilingan va 2012-yil 19-aprelda chiqarilgan. Shuningdek, tez orada oʻyinning iPad va Android asosidagi planshetlar uchun versiyalarini chiqarish rejalashtirilgan.

Syujet



Oʻyin daraxtda yashovchi beshta jonzot haqida boʻlib, ular oxirgi urugʻni oʻrgimchaksimon qora parazitlaridan qutqarishga harakat qilishadi. Oʻyin 7 ta joyda boʻlib oʻtadi, ularning har biri oʻzining yakuniy maqsadiga ega.

1-bob  — Daraxtning tepasidan pastga tushish.

2-bob  — Beshta kalitni topish.

3-bob  — Dushmanlardan qochish.

4-bob  — Bolalarni topish.

5-bob  — Barcha tuyaqushlarni topish.

6-bob  — 4 ta toshni topish.

7-bob  — Yovuzlik bilan yakuniy jang.

Botanikulaning oʻziga xos xususiyati — bu qahramonlarning noyob qobiliyatlari:

Fazalis chirogʻi — kichik toʻq sariq jonzot, oʻyin bosh qahramoni, porlab turuvchi urugʻlarni yeb, qorongʻu joylarni yoritishga qodir.

Qoʻziqorin guruhdagi yagona qiz. Oʻzining nusxalarini yaratishi va hajmini faqat bitta shlyapagacha qisqartirishi mumkin.

Ko'knori qutisi — guruhning uchinchi aʼzosi, eng kuchli personaj.

Novdacha — tana qismlarini uzaytira oladigan yana bir personaj . Shuningdek, u bir zumda tanasida gullar oʻstirishi mumkin.

Pat - oxirgi oʻynash mumkin boʻlgan personaj, juda kichik va zaif, lekin uchishga qodir.

Oʻzaro yordam uchun oʻz qobiliyatlaridan foydalangan holda, bosh qahramonlar jumboqlarni hal qilib, hikoya boʻylab harakatlanadilar.

Oʻyin jarayoni



Amanita Design -dan oldingi oʻyinlarda boʻlgani kabi, Botanicula ham xuddi shunday sxemaga amal qiladi, faqat bu safar beshta qahramon bor. Oʻyinchi jumboqlarni yechish va asosiy qahramonlar yoʻlida duch keladigan toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun zarur boʻlgan narsalarni toʻplash orqali atrof-muhitni darajalarda oʻrganadi. Oʻyinchi boshqa mavjudotlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlib. Ammo Machinarium oʻyinida boʻlgani kabi, Botaniculaʼda ham ogʻzaki yoki yozma muloqot shakli yoq.

Ishlab chiqilishi



Oʻyin ikki yarim yil davomida Yaromir Plahi va Amanita Design studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Soundtrack




Botanicula oʻyinining musiqasi va ovozi Chexiyaning DVA guruhi tomonidan yozilgan.

Mukofot va Sharhlar



Independent Games Festival 2012 (IGF’12) — „Excellence in Audio Award“

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz