Botan
Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.
Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km. Aholisi 742 737 kishi (20012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.
Davlat tuzumi
Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinishi
Butan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan, shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Tabiati
Butan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha temperatura yanvarda — 4,5 °C, iyulda 17 °C. Yiliga 1000–5000 mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.
Aholisi
Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-yildagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).
Iqtisodi
Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, janubda paxta ekiladi. Janubi-sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk, mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov.
Manbalar
uz.wikipedia.org