BO’TALOQ



BO’TALOQ — tuyanish bir yoshgacha bo’lgan bolasi. Yangi tug’ilgan Bo’taloq juda nozik, ushoq bo’ladi (og’irligi onasining vazniga nisbatan 5—7 % ni tashkil etadi). Bo’taloqlar umuman egizak tug’ilmaganligi sababli dastlab onasidan ajratilgan holda maxsus issiq xonalarda boqiladi, sutkasiga 6-8 marta onasi yoniga olib chiqilib emizib turiladi. Bo’taloq onasini 16-18 oy emadi (tuya 2 yilda bir marta tug’adi). Bo’taloq 2 yoshidan boshlab dastlab no’xta va jilovga, odamning talabi bilan yotib turishiga o’rgatiladi, 3 yoshdan boshlab ustiga yuk (60-80 kilogramm) ortishga o’rgatiladi. Tuya 5 yoshga kirganda yetuk hisoblanadi va ustiga to’la me’yordagi yuk ortish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz