BO’TAKO’Z
BO’TAKO’Z (Contaurea depressa) — murakkabguldoshlar (murakkabgullilar oilasi) ga mansub bir yillik begona o’t. Bug’doy, zig’ir kabi ekinlar orasida uchraydi, adir va tog’ etaklaridagi toshloq yerlarda o’sadi. May—iyunda gullaydi, guli och ko’k, binafsha yoki havorang. Urug’idan ko’payadi. Bo’tako’zni yo’qotish uchun g’alla ekinlariga 2,4 D preparati purkaladi, urug’lik begona o’tlar urug’idan tozalanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz