BO’TAKO’L
BO’TAKO’L — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’l. Qorateren ko’lining g’arbida, undan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bo’tako’lning o’rni pastqamlikdan iborat. Yosh ko’lgen qumli cho’li bilan o’ralgan. Janubi g’arbdan shimoli sharqqa yo’nalgan. Uzunligi 16 kilometr, eni shimolda 800-900 metr, Janubda 1,2 kilometr, o’rtacha chuqurligi 2-3 metr, eng chuqur joyi 4 metr. Ko’ksuv zovuri va artezian suvlaridan to’yinadi. Suvning yil davomida turli mikdorda quyilishi tufayli sathi ham barqaror emas. Minerallashuv darajasi 1 l suvda o’rtacha 12-16 gramm. Qirg’oqlar qiya, qirg’oqqa yaqin joylari qamishzor. Baliqchilikda foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz