BO’TA
BO’TA — oltin, kumush, mis, rux, birinj (bronza) kabilarni eritish uchun ishlatiladigan qadimgi asbob; dumaloq kosacha. O’tga chidamli gilbo’ta loyidan yasaladi. Zargar va rixtagarlar ma’danlarni Bo’tada ko’raga solib eritganlar. 15-asr yozma manbalarida tilga olingan. Hozir Bo’ta o’rniga asosan tigel ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz