Bosvoldi




Bosvoldi — oʻrtapishar qovun navi, oʻrtacha kattalikda, uz. 20—23 sm, ogʻirligi 4—7 kg. Pusti oʻrtacha qalinlikda, sirti sal tilimtilim, toʻrsiz, rangi oqishsariq. Ustidagi gullarining chetlari notekis chizikli, keng ochyashil tasmasimon. Eti 4,5—5 sm, och yashil, gʻovak, sershira. Tarkibida 7— 8,6% kand, 3,5—4,5% saharoza, 8,5— 10% quruq modda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda, urugʻi yirik, tuxumsimon, ochsargʻish. Ekilganda unib chiqqandan keyin 85—90 kunda pishadi.

Hosildorligi 170—250 s/ga. Fargʻona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida B.ning 2417 navi (K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzen) ekiladi (Yana q. Qovun).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz