BO’STONLIQ XAZINASI



BO’STONLIQ XAZINASI (miloddan avvalgi 1-yarmi) moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Sijjak qishlog’idagi ko’k yong’oq mavzeida, Piskom daryosining o’ng sohilida bo’lgan. 1965 yilda cho’pon Q. Ermatov topib O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirgan. Bo’stonliq xazinasi har birining og’irligi 200 grammli 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qo’ng’iroqcha, 1 ta buloqi (burunduq) va bo’yinga taqiladigan bir qancha zanjirdan iborat; hammasi kumush. Bilaguzuklar o’yma, chizma va bosma usulda ishlangan bo’lib, ikki uchi ilon boshi ko’rinishida, sirti turli geometrik shakl, naqsh va sug’dcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishlar jarayonida xumdonlar va kumush buyumlar yasaladigan ustaxonalar qoldig’i, tangalar, sirlangan sopol idishlar bo’lagi ham topilgan. Bo’stonliq xazinasi Toshkent vohasining qadimgi aholisi madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz