BO’STONBUVA MAQBARASI



BO’STONBUVA MAQBARASI — Farg’ona viloyati Buvayda tumanidagi me’moriy yodgorlik (15-16-asrlar). Xalq orasida Bo’stonbuva nomi bilan mashhur bo’lgan, 9-asrda yashab o’tgan tasavvufchi shayxlardan biri Sulton Boyazid Bistomiy dafn qilingan deb taxmin qilinadi (Alisher Navoiy “Nasoyim ulmuhabbat” asarida va 18-asrda yaratilgan “Tazkirat ulavliyon turkin”da shayxga yuqori baho berilgan). Maqbara pishiq g’ishtdan gumbazli qilib qurilgan. Chortoq tarhli ziyoratxona va murabba tarhli go’rxonadan iborat (15×7,2 metr). Peshtoqida ko’p qirrali yulduzsimon va aylana shaklidagi uymakori bezaklar saqlangan. Peshtoqining ikki yonidagi guldastalar binoga mahobat baxsh etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz