Boʻston (Qiziltepa tumani)




Boʻston (Xoja Boʻston)  — Oʻzbekistondagi qadimiy qishloqlardan biri. Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan.

Tarixi



Boʻstontepa



Boʻstontepa  — arxeologiya yodgorligi. Boʻston qishlogʻi markazida joylashgan. Arxeolog olimlar tomonidan bu yodgorlik Soʻgʻdiyonaning birinchi shaharlaridan hisoblanadi. Qalʼaning quyi tomonidagi qabristonni podsholik qabristoni boʻlgan degan taxmin bor. Qabristonda Xoja Bisman Boyazidning ramziy qabri bor. Bu ziyoratgohda 1925-yilgacha mahobatli masjid boʻlib, SSSR davrida u buzib tashlangan. 1990-yilda jamoatchilik kuchi bilan ziyoratgohda maqbara qurilgan. Qabriston ustidagi quduq suvi shifobaxsh ekanligi toʻgʻrisida rivoyatlar bor. Hozirda tepalik Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga „Xoʻja Boʻstontepa“ nomi ostida kiritilgan — davlat himoyasiga olingan.

Buxoro amirligi davrida



Buxoro amirligi davrida Boʻston qishlogʻi Komi Abu Muslim tumani (Vangʻozi tumani deb ham aytilgan) tarkibiga kirgan.

Tumanlar markazi



BXSR davrida, 1920-yil 22—30-sentabrda Xoja Boʻston tumani (Vangʻozi tumani deb ham aytilgan) tashkil etilganidan soʻng Boʻston qishlogʻi tuman markazi etib belgilanadi. 1924-yil noyabr oxirida Boʻston tumani tugatiladi. Keyinchalik SSSR tarkibida Oʻzbekiston SSR tashkil etiladi. 1925-yildan boshlab qishloq Buxoro viloyati tarkibiga kirgan.

SSSR davrida, 1935-yil 9-fevralda markazi Qiziltepa stansiyasi qilib belgilangan Qiziltepa tumani tashkil etilgan. Keyinchalik tuman markazi Boʻston qishligʻiga koʻchirilgan. Qishloq 1962-yilga qadar tuman markazi vazifasini bajargan. Qiziltepa tumani 1962-yili Gʻijduvon tumaniga qoʻshilgan.

SSSR davrida



1962-yilda Boʻston qishlogida pionerlar uyi ochilgan. Hozirda bu maskan tuman yoshlar ijodiyoti markazi sifatida yoshlarga xizmat qilyapti.

Mashhur kishilari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz