Boston, Massachusetts




Boston AQShning shimoli-sharqidagi shahar va Massachusets shtatining maʼmuriy markazidir. Yangi Angliyaning asosiy iqgisodiy markazi. AQShning yetakchi sanoatmoliya va madaniyati rivojlangan shaharlaridan. Aholisi 574 ming kishi, shahar atrofi bilan birga 4 million (1990-yillar oʻrtalari). AQSh tarixida 1773-yilgi „choy gʻalayoni“ bilan mashhur, bu gʻalayon Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarning ozodlik uchun olib borgan urushlari odsidan boʻlgan edi. Boston — Atlantika okeani sohilidagi yirik port (yuk ortib tushirish 20 million t dan ortiq), xalqaro aeroport bor. Shosse va temir yoʻl tuguni. Muhim sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, radioelektronika va priborsozlik, aviadvigatellar, samolyot va raketa qismlari, stanoksozlik va boshqa Kemasozlik, kimyo, rezina, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Yirik savdo markazi. Bostonda 18—19-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar, universitetlar (Boston universiteti, Harvard universiteti), Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi, nafis sanʼat muzeyi bor. Shaharga 1630-yilda asos solingan.

Boston Massachusetts shtatining markazi boʻlib, uning eng katta shaharlaridan biridir. Boston AQShning eng tarixiy shaharlaridandir.

Tarixi




Boston 7 sentyabr, 1630-yil Puritan Angliyalik mustamlakachi tomonidan tashkil topgan. Alohida holda koloniyalar Province of Massachusetts Bayni 1691-yil birlashtirilmagan davrga qadar ajralgan boʻlgan.

Jogʻrofiyasi




Boston juda ham ixcham (qulay) tuzilishga ega. United States Census Bureau, ga koʻra shahar maydoni 89.6 sqmi — 48.4 sqmi boʻlib, uning (54.0 %) quruqlik va 41.2 sqmi (46.0 %) suvlikdan tashkil topgan. Boston AQShning eng zich aholi yashovchi shaharlari ichida uchunchi oʻrinni egallaydi. U Nyu York Sity va San Fransisko lardan keyingi oʻrinda joylashgan. Paterson, Nyu Jersey koʻplab shaharlar kabi, juda ham zich, ammo katta metropol shahar hududlarning bir qismidir.
„Sirli daryo“ Charlestovnni Chelsiy va Everettdan ajratib turadi hamda, Chelsiy Creek va Boston Harbor Sharqiy Bostonni asl Bostondan ajratib turadi. Bostonnig rasmiy choʻqqisi, Logan International Airport tomonidan qilingan hisoblarga koʻra, 19 ft (5.8 m) ga teng dengiz sathidan. Bostonning eng yuqori nuqtasi Bellevue Hill boʻlib, uning balandligi dengiz sathidan 330 ft baland va eng quyi nuqtasi esa dengiz sathi biln barobar joylashgan. Boston

Qoʻshnilari



Boston ba'zan "city of neighborhoods" (qoʻshnilar shahri) deb ham ataladi, buning sababi u har taraflama qoʻshni shtat va shaharlar orasida joylashganligidadir. Rasmiy ma'lumotlarga koʻra Boston bilan 21 ta shahar qoʻshnilik qiladi. Uning qoʻshnilari quyidagilar: Allston/Brighton, Bak Bay, Bay Villaj, Beakon Hill, Charlstavn, Chinatovn/Teri Daha, Dorchester, Davntavn/Moliya Dahasi, Sharqiy Boston, Fenvey/Kenmor, Hayd Park, Jamayka Pleyn, Mattapan, Misshn Hill, Shimoliy qirgʻoq, Roslindal, Roksbury, Janubiy Boston, Janubiy qirgʻoq, Gʻarbiy qirgʻoq va Gʻarbiy Roksbury.

Ob-havo



Bostonning iqlimi kontinental (oʻzgaruvshan) boʻlib, u qandaydir maʼnoda Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent ob-havosiga oʻxshab ketadi. Uning farqi Boston Atlantika ummoni boʻyidagi shahar boʻlganligi sababli iqlimi yumshoq, namligidadir.

Demografik holati




Laqchalar




„Boston laqchasi“ AQSh da keng parodiya qilinadi va Kennedy oilasi koʻpincha u bilan bogʻlanadi, shunga qaramasdan Kennedyning nutqi oʻziga xos boʻlib u Boston Brahmin. (ga qaralsin) koʻplab shevalardan tashkil topgan. Ular Rhotic va non-rhotic accents|non-rhotic (Masalan, „r“ tovushi boʻgʻin oxirida kelib, undan keyin unli harf kelsa, u tushirib qoldiriladi) va v h.k. Boston ingliz tili koʻplab dialekga oid soʻzlarga ega, quyidagilar kabi „frappe“, maʼnosi „muzqaymoq bilan siltama sut“ (boshqa siltama sutlardan farqli oʻlaroq). The accent originated in the non-rhotic speech of 17th century East Anglia and Lincolnshire.

Jinoyat




Shaharda 1990-yillar boshida boshlab ogʻir jinoyatlar ancha kamaygan. Bostonning jinoyat sodir etish darajasining pasligi u yerda yoshlar bilan ahloqiy, manaviy, ruhiy tarbiyalarning mahalliy politsiya va shtat prokuraturasi bilan hamda cherkov yordamida olib borilganligi natijasidir. Bu esa oʻz oʻrnida „Boston moʻjizasi“ deya maqtalayotgan yoʻlga asos boʻldi. Qotillar soni shaharda 1990-yil 152 tadan 1999-yilda 31 ta ga tushdi va ular orasida voyaga etmaganlar yoʻq.

Iqtisod




$363 milliard AQSh dollarini oʻz ichiga olgan, Buyuk Boston metropoliten hudud boʻlib, u YaIM boʻyicha AQShdagi shaharlar orasida 6-oʻrinda, dunyo boʻyicha esa 12-orinda joylashgan.

Sayyohlik



Sayyohlik Boston iqtisodiyotining katta qismini egallaydi. 2004-yili, sayyohlar Bostonda $7.9 millard sarflashgan va shaharni sayyoylar orasida AQShning eng mashxur 10 talikka kirishiga sabab boʻlgan. Uning shtat markazi boʻlganligi sababli hamda federal agentliklar, qonunchilik va hukumat ning mahalliy uyi ekanligi shahar iqtisodining yana bir asosiy qismidir. The city is also a major Port of Boston along the United States' East Coast and is also the oldest continuously operated industrial and fishing port in the Western Hemisphere.

Sanoat va korxonalar



Yana uning muhim sanoat tarmoqlaridan biri bu moliyaviy xizmat koʻrsatish boʻlib, yana ham aniqrogʻi umuboshqaruv fondlar (mutual funds) va sugʻurtadir.

Kichik shaharchalari




Bostonda rasman Sister Cities International tomonidan tan olingan sakkizta qardosh shaharlar mavjuddir. The date column indicates the year in which the relationship was established. Kyoto was Bostonʼs first sister city.

Boston, shuningdek, uchta shahar bilan ozroq doʻstona va hamkorlik munosabatlariga egadir.

Manbalar




Oʻqish uchun




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz