BOSTON



BOSTON — AQSh ning shimoli sharqidagi shahar, Massachusets shtatining ma’muriy markazi. Yangi Angliyaning asosiy iqgisodiy markazi. AQShning yetakchi sanoatmoliya va madaniyati rivojlangan shaharlaridan. Aholisi 574 ming kishi, shahar atrofi bilan birga 4 million (1990-yillar o’rtalari). AQSh tarixida 1773 yilgi “Choy g’alayoni” bilan mashhur, bu g’alayon shimoliy Amerikadagi mustamlakalarning ozodlik uchun olib borgan urushlari odsidan bo’lgan edi. Boston — Atlantika okeani sohilidagi yirik port (yuk ortib tushirish 20 million tonnadan ortiq), xalqaro aeroport bor. Shosse va temir yo’l tuguni. Muhim sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, radioelektronika va priborsozlik, aviadvigatellar, samolyot va raketa qismlari, stanoksozlik va boshqalar. Kemasozlik, kimyo, rezina, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Yirik savdo markazi. Bostonda 18— 19-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar, universitetlar (Boston universiteti, Garvard universiteti), Amerika fanlar va san’at akademiyasi, nafis san’at muzeyi bor. Shaharga 1630 yilda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz