BOSTANOVA MARIYASH



BOSTANOVA MARIYASH (1945.3.1, Chimboy tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Nukus pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967-76 yillarda Chimboy, Taxtako’pir tumanidagi maktablarda tarbiyachi, qoraqalpoq tili va adabiyoti o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 1976 yildan Qorao’zak tumanidagi 5maktabda qoraqalpoq tili va adabiyoti o’qituvchisi. Bostanova darslarni ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari asosida tashkil etadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz