BOSNIYALIKLAR



BOSNIYALIKLAR (o’zlarini “musulmonlar”, bosanlar deb ataydilar) — xalq. Bosniya va Gersegovinaning asosiy aholisi. 1,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Umumiy soni 2100 ming kishi (1992). Shu jumladan: Yugoslaviyada 220 ming kishi, Xorvatiyada 14 ming, Turkiyada 30 ming, AQShda 30 ming kishi. Qadimgi yozma manbalarga qaraganda Bosniya va Gersegovinada illiriy qabilalari yashagan. Bosniya va Gersegovina Turkiya tarkibiga kirgandan keyin aholisi (asosan serb va xorvatlar) Islom dinini qabul qilgan. Serbxorvat tilida gaplashadilar. Dindorlari — musulmon sunniylar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz