Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi
Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi (Bosniya/Xorvat, serb tilida: Ženska Premijer Liga BiH) — Bosniya va Gersegovinaning ayollar futboli ningoliy ligasi. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi 2013-yilda tashkil etilgan. Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovina Federatsiyasining Birinchi Ayollar Ligasi va Serb Respublikasining Birinchi Ayollar Ligasini birlashtirish natijasida tashkil etilgan.
Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasining pley-off oʻyinlari gʻolibi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Lekin Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi Bosniya va Gersegovinada ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini unchalik jalb qilmaydi, shu bilan birga moliyalashtirish koʻpincha yetarli emas va klublarda infratuzilma, baʼzi hollarda hatto asosiy mashgʻulot binolari yoʻq.
Tarixi
2013-yilgacha Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-ligasi NFSBiH ligasi va Serb Respublikasi ligasiga boʻlingan. U paytdagi turnirlarda NFSBiH ligasining eng yaxshi ikki jamoasi pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ayollar futboli boʻyicha Serbiya Respublikasi chempionati chempioni ham pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Pley-off oʻyinlari oʻtkaziladigan joy oldindan belgilab qoʻyilgan va yuqarida aytib oʻtilgan uch jamoadan iborat guruhda oʻtkazilgan.
Formati
Jamoalar ikki davrali tizimda oʻynaydi, shundan soʻng eng yaxshi oʻrinni egallagan ikkita jamoa Serb Respublikasi Ayollar ligasida eng yaxshi oʻrinni olgan klubi bilan 3 ta jamoaviy pley-off guruhiga chiqadi.
2014/2015-yilgi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida 8 ta jamoa jami 21 ta oʻyin uchun uch bosqichli tizimda oʻynadi.
2020-2021-yilgi mavsum jamoalari
2020-2021-yigi Bosniya va Gersegovina Ayollar Premier-liga mavsumida quyidagi sakkizta jamoa oʻynaydi.
Chempion jamoalar roʻyxati
Chempion jamoalar roʻyxati:
Chempion jamoalar reytingi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org