Bosmachilik
Bosmachilik — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom.
Etimologiya
"Bosmachi" soʻzi aslida turkiy „bosmoq“ (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida „bosmachi“ deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham „bosmachilar“ deyish mantiqan toʻgʻri keladi. 1918-yilning boshidan 1919-yil oʻrtalarigacha boʻlgan arxiv hujjatlarida „bosmachi“ soʻzi uchramasdan, uning oʻrniga „qaroqchi“, „bosqinchi“ iboralari qoʻllanilgan. 1919-yilning oʻrtalaridan boshlab avval vaqtli matbuotda, soʻngra rasmiy hujjatlarda „bosmachi“ va „bosmachilik“ iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qurolli kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan oʻylab topilgan hamda „banditlik“, „qaroqchilik“ degan soʻzlar bilan asossiz ravishda bir qatorga qoʻiilgan.
Afgʻonistondagi
1979—89-yillarda SSSRning Afgʻonistondagi intervensiyasiga qarshi afgʻon xalqining olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti „bosmachilar“ deb nomladi. Keyinchalik oʻz vatanining mustaqilligi uchun kurashgan afgʻon mujohidlari „dushmanlar“ deb ataldi.
Yana qarang
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org