Bosma Montaj
Bosma montaj — mikroelektron qurilmalar elementlari (qismlari)ni montaj qilish usuli. Bunda elektr ulashlar elektr oʻtkazuvchi yupqa metall lentalar (simlar) orqali amalga oshiriladi( q. Bosma plata). Bosma montaj elementlari oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qarshiliklar, kondensatorlar, induksiya gʻaltaklari, transformatorlar, tranzistor va diodlar, rele, ulagichlar va almashlab ulagichlardan iborat. Radioelektronikada va, ayniqsa, kosmik apparatlarda mikroelektron qurilmalarni mumkin qadar ixchamlashtirishning juda katta ahamiyati bor. Bu sohada 3 omil; qurilmaning oʻlchami, puxtaligi va narxi muhim rol oʻynaydi. Mikroelektron sxemada 1 sm2 sathga elementlarni oʻzaro ulovchi 14 ga yaqin sim toʻgʻri keladi. Bunga erishish uchun koʻp qavatli Bosma montaj dan foydalaniladi. Oʻtkazgichlar (simlar) bir-biriga elektron nur yordamida payvandlanadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org