BOSIM AKKUMULYATORI



BOSIM AKKUMULYATORI — raketa dvigateli qurilmasining bir qismi (ballon). Unda yuqori bosimli gaz saqlanadi yoki generasiyalanadi; gaz (havo, azot gazi, geliy gazi) bilan to’ldiriladi. Gazni generatsiyalash (generatsiya — yunoncha so’z bo’lib, ko’payish, paydo bo’lish ma’nolarini bildiradi) poroxning yonishi (porox Bosim akkumlyatori) yoki suyuq yonilg’ining yonishi (suyuqlik Bosim akkumlyatori) natijasida amalga oshadi. Bosim akkumlyatoridan dvigatelga yonilg’i yuborish (masalan, gaz bilan ishlaydigan avtomobillarda), pnevmoavtomatikani ishlatib yuborish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz