Boshsiz chavandoz
Boshsiz chavandoz (inglizcha: The Headless Horseman:A Strange Tale Of Texas) — bu Thomas Mayne Reidning 1865-yilda Amerikadagi sarguzashtlari asosida yozilgan romani. Ushbu roman Mayne Reid ijodiy merosining durdona asari hisoblanadi.
Romanda haqiqiy muhabbat hamisha qadrlanishini, adolat nohaqlik ustidan gʻalaba qilishini, ezgulik yorugʻ kunlarga yetkazishini asar qahramonlarining oʻzaro munosabatlari orqali qalbdan his qiladi.
Roman yozilgandan soʻng darhol Chapman & Hall oylik sonlarini nashr eta boshladi. Birinchi son 1865-yil 1-martda nashr etilgan. Jami 20 ta nashr chiqarildi, ularning har biri oltita pensdan iborat edi.
1866-yilda nashriyotchi Richard Benthley Boshsiz chavandozning birinchi alohida nashrini chop ettirdi.
Roman asosida 1972-yilda Sovet-Kuba hamkorligida rejissor va produser Vladimir Vajnshtok tomonidan Boshsiz Chavandoz nomli film suratga olingan. Bosh rollarni Ludmila Savelyeva va Oleg Vidov ijro etgan.
Sujet
Asar qahramonlari goʻzal xonim Luiza Poyndekster va irlandiyalik olijanob yigit Moris Jerald, hamma voqealar ularning Savannadagi ilk uchrashuvlaridan boshlandi. Luizaga uylanishni maqsad qilib yurgan kapitan Kassiy Kolxaun ikki yurakda alangalangan muhabbatga toʻsqinlik qilishni oʻyladi. Oʻzining yovuz hiyla va rejalarini ishlab chiqdi. Moris Jeralddan oʻch olish niyatida uni oʻldirmoqchi boʻldi, lekin oʻzi bilmagan holda togʻasining oʻgʻli Genrining hayotiga zomin boʻldi. Asardagi barcha voqealar rivoji shiddatli va qizgʻin kechadi.
Qahramonlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org