Boshqutisizlar
Bosh skeletsizlar ,
boshqutisizlar (Acrania) — xordalilar kenja tipi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi boʻlmaydi (nomi ham shundan olingan). Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan (boʻgʻimlarga boʻlingan). Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi boʻylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi boʻlmaydi, qisqarib turuvchi aortasi yurak funksiyasini bajaradi. 2 urugʻi (lansetniklar, asimmetron) maʼlum. Atlantika va Tinch okeani dengizlarida keng tarqalgan. Qora dengizda ham uchraydi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org